OMMAVIY OFERTA

(inTend.uz hamda megaimkon.uz dan foydalanish uchun)

 

Mazkur hujjat inTend.uz dasturiy mahsuloti hamda megaimkon.uz marketpleysidan foydalanish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi 2-qismiga muvofiq to’liq layoqati bor jismoniy shaxslar cheksiz doirasiga xizmatlarni ko’rsatish shartnomasini (keyingi o’rinlarda - Shartnoma) tuzishga “ITRUST SOLUTIONS CO” MChJning rasmiy taklifi (ommaviy ofertasi) bo’lib hisoblanadi.

Foydalanuvсhi tomonidan ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilgan harakatlarning bajarilishi uning quidagi shartlarga so’zsiz roziligini bildiradi (Ommaviy ofertani qabul qilish (aktseplash)). Ommaviy oferta qabul qilingan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan deb tan olinadi.

Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga bo’ysinadilar.

 

Atamalar va tushunchalar

Jamiyat – inTend.uz va megaimkon.uz ni ifoda etuvchi “ITRUST SOLUTIONS CO” mas'uliyati cheklangan jamiyati.

Foydalanuvchi – ushbu Ommaviy ofertada ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirish yoli bilan inTend.uz tizimida ro’yxatdan o’tib, inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan Mahsulotni sotib olish niyatidagi va Jamiyat dasturiy mahsuloti va/yoki marketpleysidan foydalanganligi uchun haq to’lashga tayyor bo’lgan jismoniy shaxs.

Ishonchli cheklov miqdori – inTend.uz orqali baholash (skoring)dan muvaffaqiyatli o’tgan Foydalanuvchiga Bank tomonidan ajratiladigan mikroqarz miqdori.

Hamkor – inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da ro‘yxatdan o‘tgan va Mahsulotlarni inTend.uz va/yoki megaimkon.uz vositasida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish uchun taqdim etuvchi yuridik shaxs (yoxud yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor).

Bank – Foydalanuvchiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan Mahsulotni sotib olish hamda Jamiyatga dasturiy mahsulot va/yoki marketpleysdan foydalanganlik uchun to’lovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi ishonchli cheklov miqdorini ajratish maqsadida tegishli hisobvarag’ini ochadigan vakolatli tashkilotlar.

Sug’urta tashkilotlari – Bank bilan alohida tuzilgan shartnoma asosida Foydalanuvchi tomonidan Bankka mablag’larni qaytarmaslik xavfini sug’urtalovchi moliyaviy tashkilotlar.

inTend.uz – Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan (yoki mulkchilik huquqida foydalaniladigan) intellektual mulk ko’rinishidagi dasturiy mahsulot bo’lib, Jamiyat, Foydalanuvchi, Hamkor va Bank o’rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydi.

megaimkon.uz – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari va me’yorlariga muvofiq faoliyat yurituvchi Jamiyatning marketpleysi.

Mahsulotlar – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan muomalasi taqiqlanmagan va cheklanmagan (alkogol, tamaki hamda ularga tenglashtirilgan mahsulotlar, tibbiyot buyumlari va dori vositalari bundan mustasno) mahsulotlar (xizmatlar). Mahsulotlar (xizmatlar) faqat Hamkorlar tomonidan taqdim etiladi.

inTend.uz dagi Foydalanuvchining shaxsiy kabineti – Mahsulotlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish hamda dasturiy mahsulotdan foydalanganlik uchun to’lovni amalga oshirish imkonini beruvchi moliyaviy mablag‘larning cheklov miqdori, tasdiqlangan buyurtmalar, to’lov jadvali, Jamiyat tomonidan taqdim etiladigan xizmat uchun QR kodli virtual cheklar to’g’risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan inTend.uz tizimining maxsus bo‘limi.

megaimkon.uz dagi Foydalanuvchining shaxsiy kabineti – Mahsulotlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan marketpleys orqali sotib olish hamda undan foydalanganlik uchun to’lovni amalga oshirish imkonini beruvchi moliyaviy mablag‘larning cheklov miqdori, tasdiqlangan buyurtmalar, to’lov jadvali, sotib olingan Mahsulot hamda Jamiyat tomonidan taqdim etiladigan xizmat uchun QR kodli virtual cheklar to’g’risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan megaimkon.uz ning maxsus bo‘limi.

Bonuslar – Jamiyat tomonidan o’rnatilgan shart va talablarga muvofiq jamlangan keshbek va/yoki ballar ko‘rinishidagi tizim va/yoki marketpleys orqali belgilangan mablag‘lar.

 

Ommaviy oferta predmeti

1.1. Ommaviy oferta Predmeti bo‘lib Foydalanuvchining inTend.uz va/yoki megaimkon.uz dan Mahsulotni bo‘lib- bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish uchun foydalanishga va dasturiy mahsulotni taqdim etish bo’yicha ko’rsatilgan xizmat uchun Jamiyatga to’lov qilishga roziligi hisoblanadi.

1.2. Foydalanuvchi tomonidan Jamiyat bilan ushbu Ommaviy ofertani tuzish muayyan harakatlarni ketma-ket bajarish (akseptlash) orqali amalga oshiriladi.

1.3. Ushbu Ommaviy ofertani akseptlash quyidagilarni bildiradi:

- ushbu oferta shartlarini Foydalanuvchi tomonidan to‘liq va so‘zsiz, hech qanday qisqartirish va/yoki cheklovlarsiz qabul qilinganligini;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan Mahsulot qiymatini Bank tomonidan to’g’ridan-to’g’ri Hamkorning hisob raqamiga o’tkazishga roziligini;

- ilovalarga mufoviq inTend.uz va/yoki megaimkon.uz dan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinayotgan Mahsulot qiymati hamda dasturiy mahsulot va/yoki marketpleysni taqdim etish bo’yicha ko’rsatilgan xizmat uchun Jamiyatga to’lov miqdori doirasida mablag’lar ajratilishiga;

- dasturiy mahsulot va/yoki marketpleysdan foydalanish bo’yicha ko’rsatilgan xizmat uchun Foydalanuvchi tomonidan tasdiqlangan buyurtma doirasida Bankdan Jamiyatning hisob raqamiga pul mablag’larini o’tkazishga rozilik berganligini;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da Foydalanuvchining Shaxsiy kabineti yaratilganligini;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan mahsulotlarni sotadigan Hamkorlarni tanishtirish imkoniyatini taqdim etilishini;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilayotgan mahsulotlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini taqdim etilishini;

- Hamkor saytida onlayn tarzda va/yoki marketpleys orqali tanlab olingan Mahsulotlarni Hamkorning o’z kuchi bilan yetkazib berilishini;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da muvaffaqiyatli xarid amalga oshirilganda, ajratilgan mikroqarz miqdorini Bankka o’rnatilgan muddatlarda qaytarishini, vakolatli tashkilotlar hamda sug’urta tashkilotlari tomonidan ular belgilagan tariflar bo‘yicha Foydalanuvchining har qanday bank kartalaridan AKSEPTSIZ pul mablag‘larini yechib olinishini;

- bo‘lib-bo‘lib to‘lash jadvaliga ko‘ra Foydalanuvchining har qanday bank kartalaridan pul mablag‘larining (AKSEPTSIZ) avtomatik tarzda yechilishini;

- Barcha taqdim etilishi lozim bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishga, shu jumladan Hamkor shaxsiy kabinetida Foydalanuvchining zarur ma’lumotlari aks ettirilishiga rozi ekanligini;

- Jamiyat, Bank va sug’urta tashkilotlari tomonidan yashash manzili va ish joyi bo'yicha har qanday turdagi so'rov va da'volarni yozma va elektron shaklda yuborilishiga rozilik berishni.

1.4. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq so‘zsiz qabul qilinishi (akseptlashi) Foydalanuvchiga “inTend.uz” va/yoki “megaimkon.uz” ga kirish huquqini beradi.

 

  1. Tizimdan foydalanish tartibi

2.1. Foydalanuvchi inTend.uz tomonidan talab qilingan barcha ma'lumotlarni kiritadi.

2.2. Foydalanuvchiga inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali Mahsulotni xarid qilishda sarflash, dastur va/yoki marketpleysdan foydalanganlik uchun haq to’lash imkonini beruvchi ishonchli cheklov miqdorini aniqlash maqsadida, inTend.uz ushbu Ommaviy ofertaning 2.1.-bandiga muvofiq kiritilgan ma'lumotlarni vakolatli tashkilotlarga, yani Banklarga yo‘naltiradi. Hisobvaraq ochish tartibi vakolatli tashkilotlar (banklar) tomonidan belgilanib, ularning shartlari ilovalarda ko’rsatilgan.

2.3. Agar vakolatli tashkilot Foydalanuvchiga ma’lum sabablarga ko‘ra ishonchli cheklov miqdori ajratilishini rad etsa, Foydalanuvchi inTend.uz da ro‘yxatga olinmaydi.

2.4. Foydalanuvchi inTend.uz funksionalidan faqat ishonchli cheklov miqdori doirasida foydalanishi mumkin.

2.5. Foydalanuvchi bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulotni bevosita Hamkordan yoki Hamkor saytidan yohud megaimkon marketpleysidan tanlab oladi.

2.6. Hamkor inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali Mahsulotning xaridiga oid zarur ma’lumotlar, Foydalanuvchining bo‘lib- bo‘lib to‘lash sharti bilan Mahsulot sotib olish niyati hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari haqida Jamiyatga xabar beradi.

2.7. Foydalanuvchi o‘zining Shaxsiy kabinetida bu ma'lumotlarni tekshiradi va ularni tasdiqlaydi.

2.8. Hamkor inTend.uz orqali Jamiyatni Foydalanuvchi tomonidan tanlab olingan mahsulot bo‘yicha xabardor qiladi.

2.9. Foydalanuvchi Hamkor vakili ishtirokida o’zi tanlab olayotgan Mahsulotning sifatini va soz ishlashini hamda Mahsulotga taaluqli barcha zarur hujjatlar mavjudligini, Mahsulotning yaroqligini, hech qanday shikastlangan joylari va kamchiliklari yo‘q’ligini aniqlash uchun mustaqil ravishda tekshirishi lozim.

2.10. Foydalanuvchi tomonidan inTend.uz va/yoki megaimkon.uz ga kiritilgan ma’lumotlarni, shuningdek Mahsulot (lar)ni qabul qilganligini tasdiqlashi Mahsulot(lar)ni sotib olingan va/yoki etkazib berilgan sanasi deb tan olinadi va ushbu tasdiq Mahsulot(lar)ni qabul qilish – topshirish akti bo’lib hisoblanadi.

2.11. Agar Foydalanuvchi bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan olinayotgan Mahsulot uchun boshqa moliyalashtirish manbalari (masalan, tijorat banki) hisobidan to‘liqligicha to‘lash yo‘li orqali sotib olmoqchi bo‘lsa, Foydalanuvchi ushbu manbani Mahsulotning butun davr uchun hisoblangan qiymatini yechib olish uchun inTend.uz da ko‘rsatishi shart.

2.12. Ushbu Ommaviy ofertani tasdiqlagan holda, hisobot oyining 25-kunidan keyin mahsulotni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olayotganda, Foydalanuvchi har oyning 25-sanasigacha (25 sana ham kiradi) Bankka oylik to‘lovni amalga oshirishga rozi bo‘ladi.

 

  1. Tomonlarning majburiyatlari

3.1. Jamiyatning majburiyatlari:

- inTend.uz va megaimkon.uz ning axborot xavfsizligi talablariga muvofiq uzluksiz ishlashini ta'minlash;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da Foydalanuvchi Mahsulotni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishi mumkin bo‘lgan barcha Hamkorlarni ko‘rishi uchun imkoniyat yaratish;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da Foydalanuvchi bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishi mumkin bo‘lgan barcha Mahsulotlarni ko‘rishi uchun imkoniyat yaratish;

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali tasdiqlangan buyurtmalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlash.

 

3.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:

- inTend.uz va megaimkon.uz dan foydalanish chog‘ida Ommaviy ofertaning barcha shartlari va talablariga rioya etish;

- Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetiga oid identifikasiya ma'lumotlarining to‘liq sir saqlanishini ta'minlash va ularni hech qachon uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik;

- Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetiga oid identifikasiya ma'lumotlarini sir saqlash shartlarining buzilishi sababli vujudga kelgan zarar uchun Jamiyatni jalb etmagan holda shaxsan o‘zi javobgar bo‘lish;

- bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinadigan mahsulotlarga nisbatan inTend.uz va megaimkon.uz da qo‘yilgan shartlar va talablarga rioya etish;

- tanlab olinayotgan Mahsulotning sifatini va soz ishlashini hamda barcha hujjatlari mavjudligini mustaqil tekshirish;

- Hamkordan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinishi mo‘ljallanayotgan Mahsulot ishga yaroqli holatda ekanligiga hamda hech qanday shikastlangan joylari va kamchiliklari yo‘qligiga to‘liq ishonch hosil qilish;

- Mahsulotga bog‘liq har qanday muammolar yuzaga kelganda, ushbu holatning vujudga kelishiga oqilona munosabatda bo‘lgan holda, Jamiyatni jalb etmasdan, inTend.uz va/yoki megaimkon.uz orqali tanlab Hamkordan olingan mahsulot yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hamkorga murojaat etish;

- tanlangan Mahsulot haqidagi ma'lumotlarning to’g’riligini (qiymati, to’lov muddati, soni va h.k.) inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da tasdiqlashdan oldin diqqat bilan tekshirish;

- inTend.uz va megaimkon.uz dan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik va Foydalanuvchi tomonidan boshqa shaxslarga, shu jumladan Hamkorga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlikni Jamiyatga o’tkazmaslik;

- Jamiyat tomonidan e'lon qilinayotgan xabarlar, bildirishnomalar va o‘zgartirishlarni kuzatib borish;

- Ommaviy ofertaga keyinchalik kiritiladigan barcha o‘zgartirishlarni qabul qilish.

- Mas'uliyatli bo‘lib, sotib olinayotgan mahsulotni xarid qilishdan oldin unga oid barcha kirim va buxgalteriya hujjatlarini (shu jumladan, zarur hollarda bojxona hujjatlarini) tekshirish uchun barcha choralarni ko‘rish.

- Hamkor tomonidan taqdim etilgan Mahsulot mezonlarini inTend.uz va/yoki megaimkon.uz ga kiritilgan mezonlar bilan solishtirish va inTend.uz va/yoki megaimkon.uz da elektron tarzda tasdiqlashdan oldin ularning bir xilligiga to‘liq ishonch hosil qilish.

 

  1. Tomonlarning huquqlari

4.1. Jamiyatning huquqlari:

- inTend.uz va megaimkon.uz ni modifikasiya qilish va funksionalligini yaxshilash;

- Nosozliklar, xatoliklar va uzilishlar aniqlanganda, shuningdek profilaktika ishlarini olib borish, inTend.uz va megaimkon.uz ga ruxsatsiz kirish holatlarining oldini olish maqsadida inTend.uz va megaimkon.uz ishlashini ta’minlovchi dasturiy va/yoki texnik vositalarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish;

- O‘zbekiston Respublikasining nazorat, huquqni muhovaza qiluvchi va sud organlaridan tegishli so‘rov va talabnomalar kelib tushganda Foydalanuvchining inTend.uz va/yoki megaimkon.uz ga kirishini to’xtatish;

- Mahsulotga oid har qanday muammolar vujudga kelgan taqdirda, ushbu holat va vaziyatning vujudga kelishiga oqilona munosabatda bo‘lgan holda hal etish uchun Foydalanuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hamkorga bevosita yo‘naltirish;

-  Foydalanuvchiga bonuslar taqdim etish (agar Foydalanuvchitizim tomonidan o’rnatilgan va Foydalanuvchi shaxsiy kabinetida ko’rsatilgan bonuslarning amal qilish muddatlarda bonusdan foydalanmasa, bonus miqdorini 50%ga kamaytirish va bonusni bekor qilish);

- quyidagi holatlarda Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetiga kirish yo‘li yopib qo‘yiladi:

  1. a) Jamiyatga boshqa Foydalanuvchilar va/yoki uchinchi shaxslardan Foydalanuvchi ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushganda;
  2. b) inTend.uz va megaimkon.uz ning biron bir qismiga noqonuniy dasturiy yoki texnik o‘zgarishlar kiritish (kiritishga urinish) holati aniqlanganda;
  3. v) zarur bo‘lgan hollarda Foydalanuvchi har qanday bank kartalari va hisobvaraqlaridan mavjud qarzdorlikni sondirish uchun pul mablag‘larini avtomatik tarzda yechish choralarini ko‘rish. Bunday hollarda Bank va/yoki sug’urta tashkilotiga ham shunday huquqlar beriladi.

 

4.2. Foydalanuvchi quyidagilarga haqli:

- inTend.uz va/yoki megaimkon.uz dan istalgan mahsulotni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish;

- Jamiyat tomonidan taqdim etilgan bonuslarni ushbu Ommaviy oferta talablari hamda Jamiyat saytlari (www.intend.uz, www.megaimkon.uz)da e'lon qilinadigan yangiliklar asosida ishlatish;

- inTend.uz va megaimkon.uz dan to‘g‘ri foydalanish masalasida Jamiyatga maslahat so‘rab murojaat etish;

- inTend.uz va megaimkon.uz da o’zining buyurtmalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish.

 

  1. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Foydalanuvchi Ommaviy oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, Foydalanuvchi, bunda Jamiyat jalb etilmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘liq javobgar bo‘lib hisoblanadi.

5.2. Foydalanuvchi tomonidan nomaqbul harakatlari va mazkur Ommaviy oferta shartlarining buzilishi natijasida  Foydalanuvchi ko‘rgan bilvosita/ to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan yo’qotishlar yohud boy berilgan foyda uchun Jamiyat javobgar emas.

5.3. Jamiyat inTend.uz va megaimkon.uz ning ish faoliyatini ta'minlovchi Foydalanuvchining dasturiy-apparat majmuining nosozligi, xatoga va uzilishga yo‘l qo‘ygani uchun, shuningdek Jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Foydalanuvchining Jamiyat dasturiy va/yoki apparat vositalariga vaqtinchalik kira olmagani uchun hamda bu bilan bog‘liq tarzda ko‘rilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.4. Jamiyat quyidagi sabablarga ko‘ra Foydalanuvchi uchun vujudga kelgan zararlari uchun javob bermaydi:

- Foydalanuvchi inTend.uz va megaimkon.uz ga kirish uchun foydalanayotgan uskunada yoki dasturiy ta'minotda “viruslar” yoki boshqa zararli dasturlar mavjud bo‘lsa;

- mahsulot sotib olish buyurtmasini rasmiylashtirish chog‘ida inTend.uz va megaimkon.uz da foydalaniladigan rekvizitlar noto‘g‘ri to‘ldirilganda;

- Foydalanuvchi tomonidan Ommaviy oferta shartlari buzilgan holatlarda;

- uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari tufayli, shu jumladan Foydalanuvchining identifikasiya ma'lumotlaridan foydalanish bilan bo’gliq bo’lsa;

- Foydalanuvchi tomonidan to‘lovlarni o‘tkazish tartibi buzilganida;

- inTend.uz va megaimkon.uz dan bevosita yoki bilvosita foydalanish paytidagi xarajatlar yoki Foydalanuvchiga yetkazilgan zarar uchun;

- Jamiyatning aybisiz sodir bo’lgan tizim ishidagi xatoliklar, kamchiliklar, uzilishlar va shu kabilar natijasida ro’y berganda;

- inTend.uz va megaimkon.uz ga kirishni ta’minlaydigan  umumiy aloqa kanallarining sifati uchun, shuningdek Jamiyatning ta'sir, vakolat va nazorat qilish doirasiga kirmaydigan tarmoqlarning alohida jabhalarining faoliyati uchun.

5.5. Agar Foydalanuvchi sotib olinayotgan Mahsulotning mezonlarini va rekvizitlarini inTend.uz va megaimkon.uz da noto‘g‘ri tasdiqlagan bo‘lsa, bunday harakatlar natijasida ko‘rilgan zarar uchun Jamiyat javobgar hisoblanmaydi.

5.6. Foydalanuvchining inTend.uz va megaimkon.uz da kirish yo‘li yopib qo‘yilgan taqdirda, Jamiyat bu haqda har qanday uchinchi taraflarni xabardor etish yoki xabardor etmaslik bo‘yicha, shuningdek ana shunday xabardor etish yoki xabardor etmaslik sababli vujudga kelgan oqibat uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.7. Foydalanuvchi:

- Jamiyat aybi bilan bo‘lmagan holda vaqti-vaqti bilan inTend.uz va megaimkon.uz ga kirish imkoniyatining cheklanishi;

- Foydalanuvchining identifikasiya ma'lumotlaridan foydalangan holda boshqa shaxslar tomonidan inTend.uz va megaimkon.uz ga kirishdan foydalanishi;

- bo‘lib-bo‘lib to‘lash jadvaliga ko‘ra hamda mavjud qarzdorlikni so’ndirish maqsadida  Foydalanuvchining har qanday bank kartalaridan pul mablag‘larini avtomatik tarzda yechib olinishi

 

bilan bog‘liq har qanday majburiyatlar va xarajatlar bo‘yicha Jamiyatni to’g’ridan-t’g’ri yoki birgalikda javob beruvchi javobgar qilmasligiga rozilik bildiradi.

5.8. Mahsulotni qaytarib berishda Foydalanuvchi (agar ushbu Ommaviy ofertaga binoan Hamkor bilan ijobiy o‘zaro qaror qabul qilinmasa):

- Hamkorga Mahsulot(lar)ni qaytarib olishi

- Jamiyatga ko’rsatilgan xizmatni rad etish

- Bankka ajratilgan mikroqarz shartnomasini bekor qilish

uchun yozma ravishda murojaat qiladi.

 

  1. Fors-major

6.1. Ushbu Ommaviy oferta qabul qilinganidan keyin vujudga kelgan Ommaviy ofertaga oid majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi, agar ana shunday bajarmaslik suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, urush yoki harbiy harakatlar, davlat organlarining harakatlari kabi yengib bo‘lmas kuch oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, tomonlardan hech qaysi biri javobgar bo‘lib hisoblanmaydi.

 

  1. O‘zgartirishlar kiritish va bekor qilish tartibi

7.1. Ommaviy ofertaga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritish Jamiyat tomonidan www.intend.uz va www.megaimkon.uz saytlarida e'lon qilish orqali, ularning kuchga kiritilishi muddatini ko‘rsatgan holda bir tomonlama amalga oshiriladi. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmasa, inTend.uz va megaimkon.uz dan foydalanmasligi yoki o‘rnatilgan tartibda Ommaviy ofertani bekor qilishi mumkin.

7.2. Ommaviy oferta muddati belgilanmagan bo’lib, tomonlarning tashabbusi bilan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.

7.3. Ommaviy oferta quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

                 7.3.1. Foydalanuvchi tomonidan:

               - Jamiyatga yozma yoki elektron ko‘rinishdagi ariza yuborish orqali (Jamiyatni Ommaviy oferta bekor qilinishi to‘g‘risida lozim tarzda ogohlantiruvchi boshqa shaklda bo‘lishi ham mumkin). Jamiyat tomonidan e'tirozlar mavjud bo‘lmasa, Ommaviy oferta mazkur xabarnoma olinganidan keyin 5 (besh) kun o‘tgach bekor qilingan deb hisoblanadi.

   7.3.2. Jamiyat tomonidan:

          - Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlari buzilgan taqdirda.

          - nazorat,  huquqni muhovaza qiluvchi va sud organlarining tegishli xabarnomasi asosida.

 

  1. Uchinchi shaxs tomonidan to'lovlarni amalga oshirish tartibi

8.1. Olingan mahsulotlar uchun Foydalanuvchi tomonidan o'z vaqtida to'lovlar amalga oshirilmagan taqdirda, to'lovlar uchinchi shaxs, shu jumladan Jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday vaziyat yuzaga kelganda, uchinchi shaxs, shu jumladan Jamiyat to'langan mablag'larni Foydalanuvchidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayta talab qilish huquqiga ega.

 

  1. Nizolarni hal etish

9.1. Ommaviy ofertani bajarish borasida vujudga kelgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

9.2. Jamiyatga nisbatan e'tirozlar yozma shaklda taqdim etiladi va amaldagi qonunchilikda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilishi shart. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, barcha nizolar Jamiyat joylashgan hududdagi vakolatli organ tarafidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

1-ilova

ATB «Qishloq qurilish bank» hisobvarag‘ini ochish

va undan foydalanish hamda qarzdan foydalanish bo‘yicha OMMAVIY OFERTA (SHARTNOMASI)

 

ATB «Qishloq qurilish Bank» (bundan buyon matnda «Bank» deb ataluvchi) bir tomondan va masofaviy xizmat ishtirokchisi bo‘lib, inTend.uz dasturi foydalanuvchisi bo‘lgan va mazkur ommaviy ofertani qabul (aksept) qilgan fuqaro (bundan buyon matnda «Mijoz» deb ataluvchi) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

1. Asosiy tushunchalar

Bank hisobvarag‘i - bank tarafidan ochilgan, personalizasiyalangan, intend.uz dasturida to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va ajratilgan limit doirasida operatsiyalarni amalga oshirish va intend.uz dasturi orqali mahsulotlarni (xizmatni) muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun hisobvarag‘i;

Mijoz - inTend.uz dasturi foydalanuvchisi bo‘lgan va mazkur ofertani qabul (aksept) qilgan va milliy valyutadagi Bank hisobvarag‘idan foydalangan holda to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs (bankning mijozi);

inTend.uz - “iTrust Solutions Co” MChJga taaluqli dastur bo‘lib, ushbu dastur Mijozga mahsulotni (xizmatni) muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyatini beruvchi dastur;

Qarz (mablag‘) – mahsulot (xizmat)ni sotib olish uchun Bank tomonidan Mijozga belgilangan limit doirasida inTend.uz orqali ajratiladigan va grafikda ko‘rsatilgan muddatlarda foizsiz qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘i;

Grafik – Mijozning qarz summasini teng bo‘lingan to‘lovlarga taqsimlab 12 (o‘n ikki) oy muddat ichida qaytarish majburiyati;

To‘lovlarni qaytarish - bank tarafidan Mijozga mahsulot (xizmat)ni xarid qilish uchun belgilangan summani bergani uchun Mijoz tomonidan ushbu mablag‘larning bankka foizsiz qaytarilishi;

Tomonlar – Bank va Mijoz.

2. Shartnomaning predmeti

  • Mazkur ommaviy oferta (shartnoma) Bank va Mijoz o‘rtasida Mijoz uchun onlayn tarzda Bank hisobvarag‘ini ochish va undan skoring asosida belgilangan limit doirasida foydalanish hamda hisob-kitoblar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish munosabatlarni tartibga soladi.
  • Bank Mijozga mahsulot (xizmat)ni sotib olish uchun skoring o‘tkazish yo‘li bilan belgilangan limit doirasida inTend.uz orqali qarz ajratadi va Mijoz, o‘z navbatida, olingan mablag‘ni grafik bo‘yicha Bankga qaytaradi.

 

3. Tomonlarning majburiyatlari

3.1.  Mijozning majburiyatlari:

  • Bank hisobvarag‘idan mazkur shartnoma shartlari doirasida foydalanish;
  • Bank hisobvarag‘idan foydalanish uchun kod yoki sms-kodni hech kimga ma'lum qilmaslik, agar Mijoz kod yoki sms-kodni uchinchi shaxs(lar)ga bildirgan bo‘lsa, ushbu hisobvaraq orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar, shu jumladan to‘lovlar uchun Mijoz o‘zi javobgar;
  • Mazkur shartnoma asosida Bankdan olingan mablag‘larni grafikda belgilangan muddatlarda qaytarish;
  • Bank hisobvarag‘ini ochish uchun Bank tomonidan so‘ralgan barcha ma'lumotlarni onlayn tarzda taqdim

3.2.  Bankning majburiyatlari:

  • Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida skoring o‘tkazib, Bank hisobvarag‘idan foydalanish uchun onlayn tarzda limitini belgilash;
  • Mazkur shartnoma asosida, Bank tomonidan so‘ralgan barcha ma'lumotlar onlayn tarzda taqdim etilgan va limit belgilangandan so‘ng, Mijoz uchun onlayn tarzda Bank hisobvarag‘ini ochish;
  • Mijozga mahsulotni (xizmatni) muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun Bank hisobvarag‘i orqali qarz

4.  Tomonlarning huquqlari

4.1.  Mijozning huquqlari:

  • Bank hisobvarag‘iga limit doirasida tushurilgan mablag‘larga mahsulotni (xizmatni) xarid qilish;

 

Bank hisobvarag‘i(dagi mablag‘lar)dan mahsulotni (xizmatni) xarid qilish uchun belgilangan limit doirasida foydalanish;

  • Bankdan mazkur shartnoma shartlarini bajarilishini talab

4.2.  Bank huquqlari:

  • Mijozdan mazkur shartnoma asosida mahsulotni (xizmatni) xarid qilish uchun Bankdan intend.uz dasturi orqali olingan qarzni grafikda belgilangan muddatlarda qaytarilishini talab qilish;
  • Mijoz Bank hisobvarag‘idan foydalangan mablag‘ni qaytarmayotgan taqdirda, to‘lov mexanizmlarni qo‘llagan xolda Mijozning bank kartalaridan undirish va (yoki) boshqa qonunchilikda belgilangan tartibda mablag‘lar qaytarilishiga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish.
  • Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida skoring o‘tkazib, belgilangan limit asosida Bank hisobvarag‘iga mablag‘ ajratish yoki rad etish.
  • Mijoz tomonidan mazkur shartnoma shartlariga rioya etilmagan taqdirda, Bank hisobvarag‘idan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish.
  • To'lanmagan mablag'larni undirish maqsadida uchinchi tomonga murojaat

 

5.  Tomonlarning javobgarligi

  • Mijoz mazkur shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, jarima sanksiyalardan tashqari bankka yetkazilgan zararni to‘liq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va to‘laydi.
  • Mijoz Bank hisobvarag‘ini ochish uchun taqdim etgan ma'lumotlarning haqqoniyligi uchun qonun hujjatlari asosida javobgar hisoblanadi.
  • Mijoz Bank hisobvarag‘iga doir kod yoki sms-kodlarni uchinchi shaxsga ma'lum qilgan (bergan)ligi sababli yuzaga kelgan holat uchun javobgardir.
  • Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq tartibga

 

6.   Shartnomaning amal qilish muddati va bekor qilish tartibi

  • Mazkur shartnoma Mijoz tomonidan elektron tasdiqlangan kundan boshlab 3 (uch) yil muddatga tuziladi. Uch yildan so‘ng shartnomani bekor qilish bo‘yicha Mijoz tomonidan yozma murojaat bo‘lmasa yoki shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlarning yozma e'tirozi bo‘lmasa, shartnomaning amal qilish muddati (har bir) keyingi kalendar' yiliga uzaytiriladi.
  • Ommaviy oferta (shartnoma) bekor qilingan taqdirda, bank Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyani to‘xtatadi.

7.  Maxfiylik

  • Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha ma'lumotlar (Mijozning shaxsiy ma'lumotlari, Bankning tijorat siri) maxfiy axborotlar deb tan olinadi.
  • Tomonlar mazkur shartnoma doirasida bir-biriga ma'lum bo‘lgan boshqa tomonning shaxsiy yoki tijorat siri hisoblangan ma'lumotlar ularni taqdim etgan tomonning yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
  • Mazkur shartnomaning 7.2-bandida ko‘zda tutilgan talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati tugagan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
  • Ushbu talablarni buzgan tomon buning oqibatida ikkinchi tomonga yetkazilgan barcha zararni to‘liq xajmda qoplaydi. Shartnoma shartlari mijoz tomonidan bajarilmagan holda Bank uchinchi tomonga zararni undirish va qoplab berish uchun subrogatsiya va regress huquqini berishi mumkin.

 

8. Fors-major

  • Fors-major holatlari – bu tomonlarning irodasi, xohishi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, epidemiya va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron to‘lov hamda ta'minot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy ta'minot tizimiga qilingan taxdid (uchinchi shaxslar tarafidan qilingan hujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga o‘z zimmasiga olgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlardir.
  • Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda tomonlar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar shartnoma bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

 

  • Yuzaga kelgan fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida tomon ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, 7 (etti) bank kuni ichida bu haqda ikkinchi tomonni yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi lozim.
  • Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar tomonlar tarafiidan bir- biriga mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin (SMS va MMS xabarlari bundan mustasno).
  • Fors-major holatlari 30 kun mobaynida bartaraf etilmagan taqdirda tomonlar ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga haqli bo‘ladi.

 

9.  Nizolarning hal etilishi

  • Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yo‘li bilan hal etadilar.
  • Huquqi buzilgan tomondan yuborilgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi tomon 10 (o‘n) ish kuni muddatda javob berishi lozim.
  • Talabnoma yoki ogohlantirish xati tomonga shaxsan topshirish, pochta aloqa xizmati orqali buyurtma xat bilan yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Kelishuv yo‘li bilan hal etilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

2-ilova

 

ONLAYN-QARZ BO‘YICHA ELEKTRON OFERTA

1-§. Elektron oferta predmeti

  1. Mazkur Elektron ofertada quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

“ITRUST SOLUTIONS CO” ma’suliyati cheklangan jamiyati (keying o‘rinlarda – hamkor tashkilot) – o‘zining va/yoki hamkorining savdo shoxobchalaridan tovarni onlayn-qarzga sotish yuzasidan Bank bilan hamkorlik qilayotgan yuridik shaxs;

Intend.uz tizimi – Bank axborot resurslariga integratsiyalangan maxsus dasturiy mahsulot bo‘lib, u Qarzdor/mijoz tomonidan hamkor tashkilot va/yoki uning hamkorining savdo shoxobchalaridan tovarni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishga xizmat qiladi;

onlayn-qarz – Intend.uz tizimi orqali hamkor tashkilot va/yoki uning hamkorining savdo shoxobchalaridan xarid qilingan tovar uchun bo‘lib to‘lash sharti bilan muddatlilik, qaytarishlilik va taʼminlanganlik asosida Bank tomonidan Qarzdorga/mijozga ajratilgan pul mablag‘i;

qarzdor/mijoz onlayn-qarzga hamkor tashkilot va/yoki uning hamkorining savdo shoxobchalaridan tovar sotib oluvchi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqamli identifikatsiyadan (raqamli autentifikatsiyadan) o‘tgan, tijorat banklarning biri tomonidan ish haqi loyihasi asosida muomalaga chiqarilgan bank kartasiga egalik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;

vositachilik haqi – qarzdorga/mijozga ajratilgan onlayn-qarz uchun hamkor tashkilotdan undiriladigan bank daromadi, u hamkor tashkilotning filialda ochilgan hisobvarag‘idan har bir onlayn- qarzning elektron ofertasi bo‘yicha akseptsiz undiriladi (yechib olinadi);

tovar – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq chakana savdoga chiqarilishi taqiqlanmagam mahalliy yoki import mahsulot;

qarz beruvchilar – tijorat banki, mikrokredit tashkiloti, lombard, sug‘urta tashkiloti, tovar shaklida iste’mol krediti beruvchilar, qarzdorga/mijozga o‘zaro bitim asosida qarz bergan shaxslar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kredit tashkilotlari;

qarz yuki ko‘rsatkichi – Qarzdorning/mijozning kredit va boshqa majburiyatlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati;

o‘rtacha oylik to‘lov miqdori – Qarzdor/mijoz tomonidan barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan va tuzilishi mo‘ljallanayotgan bitimlari, shuningdek qarzdor/mijoz kafil va/yoki birgalikda qarzdor sifatida ishtirok etadigan bitimlari bo‘yicha oylik to‘lovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati;

o‘rtacha oylik daromad miqdori – Qarzdorning/mijozning ish haqi loyihasi asosida muomalaga chiqarilgan bank kartasi orqali [elektron oferta akseptlangan sanaga nisbatan so‘nggi 12 oy (agar 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, 6 oydan kam bo‘lmagan haqiqatda ishlagan davri) davomida] olgan daromadining o‘rtacha arifmetik qiymati. Bunda Qarzdor/mijoz so‘nggi 2 oy davomida daromadga ega bo‘lishi lozim;

skoring – Intend.uz tizimi tomonidan elektron axborot resurslari bazalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan ma’lumotlarga asoslangan holda Qarzdorning/mijozning to‘lovga layoqatliligini aniqlash dasturi bo‘lib, ushbu dastur hamkor tashkilot tomonidan ijara shartnomasi asosida Bankka foydalanish uchun taqdim etiladi;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi.

  1. Elektron oferta shartnomasi Qarzdor/mijoz tomonidan akseptlangandan so‘ng, Bankda Qarzdor/mijoz nomiga onlayn qarz xisob raqami ochiladi va Qarzdor/mijozga ajratilayotgan onlayn qarz summasi ushbu xisob raqamdan hamkor tashkilot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
  2. Elektron ofertaga asosan Bank tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘i Qarzdorga/mijozga onlayn- qarz sifatida rasmiylashtiriladi.

 

2-§. Onlayn-qarz ofertasi shartlari

  1. Onlayn-qarz 12 (o‘n ikki) oy muddatga
  2. Onlayn-qarz limitining maksimal miqdori 24 500 000 (yigirma to‘rt million besh yuz ming) so‘mdan oshmaydi, minimal miqdori 500 000 (besh yuz ming) so‘mni tashkil etadi.
  3. Onlayn-qarz ta’minoti sifatida onlayn-qarzning qaytarilmaslik tavakkalchiligi bo‘yicha elektron sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi. Sugurtani rasmiylashtirish xarajati Bank hisobidan amalga
  4. Bank onlayn-qarz ajratilish yuzasidan hududiy jihatdan cheklov belgilashi
  5. Onlayn-qarz Qarzdorga/mijozga skoring asosida
  6. Skoringni amalga oshirish jarayonida quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda Qarzdorga/mijozga onlayn-qarz ajratilmaydi:

9.1. Ilgari olingan kredit va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

9.2. Qarzdorning/mijozning kredit byurosidan olingan kredit tarixining skoring bali 240 dan past bo‘lganda;

9.3. “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi bazasidagi Qarzdor/mijoz daromadi 6 oydan kam bo‘lganda;

9.4. “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi bazasida onlayn-qarz so‘rab murojaat qilingan oydan oldingi 2 oyda Qarzdorning/mijozning daromadiga oid ma’lumot mavjud bo‘lmasa;

9.5. So‘nggi 2 oy davomida Qarzdorning/mijozning ish haqi loyihasi asosida muomalaga chiqarilgan bank kartasiga mablag‘ kirim qilinmagan bo‘lsa;

9.6. Qarzdor/mijoz yoshi 22 dan 55 gacha bo‘lgan yosh diapazoniga tushmaganda;

9.7. Olinayotgan onlayn-qarz qiymatini ham qo‘shib hisoblaganda qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshgan taqdirda.

  1. Qarzdor/mijoz onlayn-qarzning tasdiqlangan limitidan 72 soat davomida foydalanishi Tasdiqlangan limitning amal qilish muddati limit tasdiqlanganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuborilgan vaqtdan hisoblanadi. Tasdiqlangan limit, uning qancha qismini ishlatishidan qattiy nazar, bir marta foydalanilgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
  2. Foydalanilgan onlayn-qarz uchun Qarzdordan/mijozdan foiz shaklida to‘lov
  3. Onlayn-qarz qarzdor/mijoz tomonidan onlayn-qarzni qaytarish jadvaliga muvofiq

 

3-§. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

  1. Bankning huquqlari:

13.1 Onlayn-qarz bo‘yicha to‘lov muddati kelganda, qarzdorlikni qarzdorning/mijozning bank kartasi hisobvarag‘idan akseptsiz undirish;

13.2. Onlayn-qarz belgilangan muddatda qaytarilmaganda (qarz summasini qaytarmaslik yoki belgilangan muddatda qarzdorlikni so‘ndirmaslik), uni qaytarish uchun undiruvni qarzdorning/mijozning nomiga ochilgan O‘zbekiston Respublikasi boshqa banklaridagi xisobvaraq va bank kartalaridagi mablaglarga qaratish va ushbu Elektron ofertada belgilangan choralarni ko‘rish;

13.3. Onlayn-qarzni to‘lash muddati buzilganda nizoni hal qilish yuzasidan talabnomani Qarzdorga/mijozga maʼlum qilish;

13.4 Onlayn-qarz belgilangan muddatda qaytarilmaganligi oqibatida sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplab berilganda onlayn-qarzni undirish huquqini sug‘urta tashkilotiga o‘tkazish.

  1. Bankning majburiyatlari:

14.1. Onlayn-qarzni ushbu Elektron ofertada belgilangan shartlarda berish;

14.2. Onlayn-qarzni muddatidan oldin undirish sabablari haqida Qarzdorni/mijozni xabardor etish;

14.3. Qarzdordan/mijozdan onlayn-qarzning joriy to‘lovi uchun onlayn-qarzni qaytarish jadvalida belgilanganga nisbatan ko‘p mablag‘ kelib tushsa, u holda kelib tushgan mablag‘ning ortiqcha qismini keyingi oy bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishga yo‘naltirish;

14.4. Onlayn-qarz bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda Qarzdor/mijoz zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 kalendar kuni davomida har qanday aloqa bog‘lash usulidan, shu jumladan elektron aloqa vositasidan foydalanib, Qarzdorga/mijozga muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida onlayn-qarzni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda xabar berish;

14.5. Qarzdorni/mijozni ushbu Elektron oferta bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyati bajarilmaganligi holati, muddati, qiymati, tarkibi va oqibatlari haqida xabardor qilish;

14.6. Qarzdordan/mijozdan muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida so‘rash;

14.7. Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu Elektron oferta bo‘yicha onlayn-qarzni qaytarish muddati buzilganda nizoni hal qilish yuzasidan o‘z talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish (ushbu talabnomada u tuzilgan sanadagi Qarzdorning/mijozning joriy qarzi miqdori va tarkibi, qarzni to‘lash usullari, talabnomada ko‘rsatilgan muddatgacha Qarzdor/mijoz o‘z majburiyatlarini bajarmasligi oqibatlari va nizoni hal qilish usullari qayd etiladi);

14.8. Qarzdor/mijoz tomonidan onlayn-qarz bo‘yicha qarzdorlik to‘liq to‘langanidan so‘ng, qarzdorning/mijozning shaxsiy kabinetida onlayn-qarz bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilganligi to‘g‘risida maʼlumotni avtomat tarzda shakllantirish.

  1. Qarzdorning/mijozning huquqlari:

15.1. Ushbu Elektron ofertani akseptlash bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish;

15.2. Onlayn-qarzning o‘z vaqtida ajratilishini talab qilish;

15.3. Onlayn-qarzni istalgan vaqtda muddatidan oldin to‘liq to‘lagan holda ushbu Elektron ofertani muddatidan oldin bekor qilish.

  1. Qarzdorning/mijozning majburiyatlari:

16.1. Onlayn-qarzni o‘z vaqtida qaytarish;

16.2.Ish haqi loyihasi asosida bank kartasi berilgan korxonadan (tashkilotdan, muassasadan) ishdan bo‘shayotganda onlayn-qarzni muddatidan oldin qaytarish.

 

4-§. Tomonlarning javobgarligi

  1. Tomonlar ushbu Elektron oferta majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, ularga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

5- §. Fors-major holatlar

  1. Tomonlar fors-major holatlar amal qilgan davrda Elektron oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarining qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar.

Fors-major holatlarga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (iqtisodiy sanksiyalar, harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, joriy sharoitda bartaraf etib bo‘lmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar Elektron ofertani bajarishga bevosita taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa.

Fors-major holatlar yuzaga kelganda va to‘xtaganda tomonlar bir-birini darhol xabardor qiladilar.

Xabarnoma tomonlarda mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalari orqali yuboriladi.

Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini tomonlar fors- major holatlar amal qilgan davrga mutanosib tarzda kechiktiradi.

 

6- §. Nizolarni hal qilish

  1. Bank va Qarzdor/mijoz, taraflarning o‘zaro roziligiga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan nizoni hal qilish usullarini qo‘llashga, shu jumladan muzokara o‘tkazish orqali hal qilishga haqli
  2. Qarzdor/mijoz nizoni hal qilish yuzasidan ushbu Elektron oferta 14.7.-bandining qayd etilgan talabnomada ko‘rsatilgan talablar bajarilmaganligi oqibatida qarzdorlik sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplab berilganda onlayn-qarzni undirish huquqini sug‘urta tashkilotiga o‘tkazadi.

 

7- §. Elektron ofertaning boshqa shartlari

  1. Qarzdor/mijoz Elektron ofertani akseptlash bilan o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarga ishlov berish rozilik bildirgan hisoblanadi.
  2. Bank Qarzdor/mijoz uchun ushbu Elektron oferta bo‘yicha onlayn-qarzni to‘lashning masofadan turib amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
  3. Bank onlayn-qarz shartlarini, shu jumladan mazkur Elektron ofertaning amal qilish muddatini bir tomonlama o‘zgartirishga haqli emas.
  4. Qarzdor/mijoz vafot etganda uning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
  5. Mazkur Elektron oferta u imzolangan kundan boshlab to Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu Elektron oferta majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar amal qiladi.
  6. Ushbu Elektron ofertaning bekor qilinishi tomonlarni u bekor qilingunga qadar bildirilgan o‘zaro daʼvosini (talabini) qondirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
  7. Mazkur Elektron ofertada ko‘zda tutilmagan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qo‘llaniladi.

Mashhur brendlar

{{--